Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Hududlardagi havo ifloslanishi bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

Ayni paytda Toshkent va mamlakatning bir qator hududlarida kuzatilayotgan havo ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha barcha mas’ul tuzilmalar safarbar etilgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning maʼlum qilishicha, tuzilgan Maxsus komissiya tomonidan bir qator reydlar oʻtkazilib, ekologik qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan shaxs va tashkilotlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilmoqda.

Yigʻilishda komissiya ishining dastlabki natijalari muhokama qilinib, hokimliklar va idoralar rahbarlari hisobot berdi. Administratsiyarahbari qabul qilinayotgan qarorlar kelgusida bunday holatlarning oldini olishga xizmat qilishi kerakligini taʼkidladi.

“Millat salomatligi ikkinchi darajali masala boʻlishi mumkin emas — toza havo, suv va sogʻlom ekologik muhit uchun kurash oldimizda turgan eng asosiy vazifalardan biridir”, deydi S.Mirziyoyeva.

OʻzA

Nashr sanasi 03.12.2025 Ko'rishlar 2 355
Ulashish