Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Ilmiy darajaga talabgorlar diqqatiga!

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi; 12.00.10 – Xalqaro huquq; 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlar) ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantlarni (doktorantlarni) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar (suhbat) o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tayanch doktoranturaga chet tili bo‘yicha imtihon 10 noyabr soat 15.00 da, tayanch doktorantura (doktoranturaga) mutaxassislik bo‘yicha imtihon (suhbat) 12 noyabr soat 15.00 da Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi binosida (Islom Karimov ko‘chasi, 15) bo‘lib o‘tadi.

YouTube tarmog‘ida imtihonlar (suhbat) jarayonlarini onlayn efirda kuzatib borish imkoniyati ta’minlanadi.

Nashr sanasi 05.11.2021 Ko'rishlar 5 548
Ulashish