Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

«Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021 yil 9 noyabr kuni «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Komissiya tarkibi inson huquqlari sohasida ish olib boradigan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, olimlar va mutaxassislar, shuningdek sohada faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat.

Yig‘ilishda ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etishni so‘rab davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga so‘rovlar yuborilgani ta’kidlandi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining rasmiy veb-sayti hamda OAV, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda e’lonlar joylashtirildi.

Komissiya yig‘ilishida Markazga kelib tushgan murojaatlar asosida
nomzodlarning inson huquqlarini himoya qilish borasida qo‘shgan hissalarini ifodalovchi hujjatlar o‘rganilib, eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilindi.

“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi joriy yil 10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kunida o‘tkaziladi.

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 10.11.2021 Ko'rishlar 5 414
Ulashish