Voyaga yetmagan foydalanuvchilar bu sozlamalarni faqat ota-ona ruxsati bilan o‘zgartirishi mumkin. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu o‘tgan yili o‘smirlar akkauntlari joriy etilganidan beri eng muhim yangilanishdir.
Meta kompaniyasi o‘smirlar uchun Instagram platformasida yangi cheklovlarni joriy qildi: endi ular faqat PG-13 darajasigacha bo‘lgan kontentni ko‘rishi mumkin bo‘ladi, bu xuddi shu yosh toifasidagi filmlar uchun cheklovlarga o‘xshaydi, deb xabar berdi Associated Press.
Voyaga yetmagan foydalanuvchilar bu sozlamalarni faqat ota-ona ruxsati bilan o‘zgartirishi mumkin. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu o‘tgan yili o‘smirlar akkauntlari joriy etilganidan beri eng muhim yangilanishdir.
PG-13 reytingi 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun filmni (kontentni) ko‘rish maqsadga muvofiq emasligini anglatadi. Bu o‘rtacha yoki qo‘pol zo‘ravonlik, yalang‘ochlik sahnalari, jinsiy kontekstli vaziyatlar, giyohvand moddalarni iste’mol qilish sahnalari, so‘kinishlar mavjudligini o‘z ichiga oladi.
Yangi qoidalar o‘smirlarga nomaqbul so‘zlar, xavfli hiyla-nayranglar va ehtimoliy zararli xatti-harakatlarni rag‘batlantirishi mumkin bo‘lgan kontentni ko‘rsatishni taqiqlaydi - masalan, marixuana atributlari bo‘lgan postlar. Bundan tashqari, o‘smirlar o‘z yoshiga mos kelmaydigan kontentni muntazam ravishda joylashtiradigan akkauntlarga obuna bo‘lolmaydi va agar ular allaqachon bunday sahifalarga obuna bo‘lsa, ularning postlarini boshqa ko‘rmaydi va ular bilan muloqot qilolmaydi.
Shuningdek, Meta bloklangan qidiruv so‘rovlari ro‘yxatini kengaytirdi. Ilgari kompaniya o‘z joniga qasd qilish va ovqatlanish buzilishi bilan bog‘liq atamalarni bloklagan bo‘lsa, endi cheklovlar «alkogol» va «shafqatsizlik» kabi kengroq so‘zlarga, hatto ular xato yozilgan bo‘lsa ham, tegishli bo‘ladi. Yangi qoidalar sun’iy intellektga ham ta’sir qiladi: O‘smirlar uchun AI chatlari endi PG-13 darajasidagi kontentga mos kelmaydigan javoblarni bermasligi kerak.
Yanada qat’iyroq nazoratni istagan ota-onalar uchun Meta «cheklangan kontent» rejimini ishga tushirdi. U ko‘proq materiallarni bloklaydi va o‘smirlarni post ostidagi izohlarni ko‘rish, qoldirish yoki olish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Nashrning ta’kidlashicha, kompaniya siyosatidagi bu o‘zgarishlar ijtimoiy tarmoqning bolalarga yetkazayotgan zarari uchun doimiy tanqid qilinishi fonida sodir bo‘lmoqda. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘smirlar akkauntlariga yoshiga mos kelmaydigan shahvoniy kontent, shuningdek, o‘z-o‘ziga zarar yetkazish va tana idroki bilan bog‘liq muammolar haqidagi materiallar tavsiya qilingan. Meta ilgari voyaga yetmaganlarga nomaqbul kontentni ko‘rsatmaslikka va’da bergan bo‘lsa-da, bu mexanizmlar har doim ham samarali ishlamagan.
Kun.uz
- Qo'shildi: 15.10.2025
- Ko'rishlar: 316
- Chop etish
Ўзбекча
English
Русский