Bryusselda imzolangan Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi kuchaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim xalqaro nashrlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning ko‘hna qit’aga tashrifining mantiqiy va amaliy natijasi sifatida baholanmoqda.
Italiyaning ANSA axborot agentligi davlatimiz rahbarining tashrifi xususida e’lon qilgan maqolada mazkur hujjat 2024 yil aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammitida erishilgan kelishuvlar samarasi sifatida o‘zaro munosabatlarni yangi strategik bosqichga olib chiqishi e’tirof etilgan.
Yevropa kengashi prezidenti Ursula fon der Lyayen ta’kidlashicha, “O‘zbekiston Yevropa uchun Markaziy Osiyodagi ishonchli sherik bo‘lib qolmoqda. Yangi bitim fuqarolar manfaati yo‘lida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlaydi”.
Bitim yashil energetika va raqamli iqtisodiyot sohalarida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, Transkaspiy yo‘lagi orqali mintaqaviy aloqalarni kuchaytirish hamda “Global Gateway” tashabbusi doirasida loyihalar amalga oshirishni nazarda tutadi.
Italiya nashri yozishicha, respublikamizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunlashi Yevropa bilan iqtisodiy sheriklikni yangi pog‘onaga ko‘tarish imkonini beradi. Umuman, Bryusseldagi kelishuv YeI va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy ishonch, iqtisodiy yaqinlashuv va strategik sheriklikning yangi bosqichini boshlab berdi.
Dilshod Hakimov, O‘zA
- Qo'shildi: 27.10.2025
- Ko'rishlar: 81
- Chop etish
Ўзбекча
English
Русский