Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Yaponiya: rasmiy tashrif arafasida

Shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik jarayonlari qizg'in pallaga kirdi.

Oliy darajadagi  tashrif arafasida milliy parlament a'zolari, davlat tashkilotlari rahbarlari va fuqarolik jamiyati institutlari faollaridan iborat O'zbekiston delegatsiyasi ushbu mamlakatda bo'lib turibdi. Delegatsiya tarkibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qo'mitasi raisi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ham bor.

12 dekabr kuni O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Yaponiya Parlamenti deputatlari bilan uchrashdi. Kunchiqar yurtning qonun ijodkorlari O'zbekistondagi taraqqiyot odimlarini diqqat bilan kuzatib borayotganlarini o'zaro muloqot chog'ida yaqqol namoyon etishdi.

“Shuning uchun yaponiyalik hamkasblarimiz O'zbekistonda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarga yuksak baho berdilar”, deb yozdi uchrashuvda ishtirok etgan delegatsiyamiz a'zosi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Eldor Tulyakov o'zining “Facebook”dagi sahifasida.

Uchrashuvda O'zbekiston va Yaponiya parlamentlarining deputatlari ikki mamlakat o'rtasida ta'lim, turizm, transport infratuzilmasi va savdo-sotiq sohalarida o'zaro hamkorlikni qo'llab-quvvatlash istagini bildirdi. Bu, o'z navbatida, Yaponiyada O'zbekiston bilan munosabatlarni kuchaytirishga qiziqish katta ekanidan dalolat beradi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

(Suratlar E.Tulyakovning “Facebook”dagi sahifasidan)

Nashr sanasi 13.12.2019 Ko'rishlar 9 876
Ulashish