Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

YuNESKO rahbari o'rinbosari Toshkentga tashrif buyurdi

YUNESKO veb-sahifasida bosh direktorning ta'lim masalalari bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini boshchiligidagi mazkur tashkilot delegatsiyasining Toshkentda bo'lib o'tgan yuqori darajadagi «Markaziy va Janubiy  Osiyo: Mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar  va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferentsiyadagi ishtiroki yakunlariga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilganidek, YUNESKO rahbarining o'rinbosari mamlakatimiz rahbariyatining ta'lim, ilm-fan, madaniyat va erkin ommaviy axborot vositalari tizimini yaxshilash bo'yicha aniq-ravshan qarashlari va sodiqligini olqishladi.

O'zbekistonda bo'lib o'tgan uchrashuvlar chog'ida YUNESKO delegatsiyasi respublikamizning kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish, mamlakatda har bir bola uchun turli shakllarda tashkil etilgan ta'lim sifatini ta'minlash sohalarida erishgan muvaffaqiyatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, Stefaniya Djannini  chet davlatlarda pedagog xodimlar, tadqiqotchilar va talabalarning chegaralararo mobilligi masalasini siyosiy va amaliy jihatdan uyg'unlashtirish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladigan Tokio konventsiyasini imzolashni taklif etdi.

Yuqoridagilar bilan birga, Toshkentda Maxatma Gandi nomidagi tinchlik va barqaror rivojlanish manfaatlaridagi ta'lim bo'yicha YUNESKO instituti (Hindiston) bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollari ham muhokama etildi.

Manba: "Dunyo" AA

Nashr sanasi 05.08.2021 Ko'rishlar 6 608
Ulashish