Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Klod Leblans: "O'zbekiston – obod, barqaror va jadal rivojlanayotgan mamlakat”

Frantsiyada nashr etiladigan «L'Opinion» gazetasi tahririyatining “Osiyo” bo'limi mudiri va muharriri Klod Leblanc yurtimizga tashrifi nihoyasida shunday deb bayonot berdi.

Frantsuz jurnalisti to'rt kunlik tashrifi davomida O'zbekistonda saylovga tayyorgarlik, ovoz berish va saylov yakunlari bilan bog'liq ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni bevosita kuzatdi.

Mehmon safarining so'nggi kunini poytaxtimizning odatiy hayot tarzi bilan yaqindan tanishishga bag'ishladi.

U “Chorsu” bozorida bo'lib, hunarmandlar, xususan, beshikchi ustalar, kulollar, do'ppido'zlar bilan suhbatlashdi. Bozorning meva-cheva va ko'katlar, non va qandolatchilik rastalarini aylandi.

Shahar markazidagi “Ko'kaldosh” madrasasini ziyorat qildi. Shuningdek, Xoja Ahror Valiy masjidini borib ko'rdi.

Klod Leblanc bir olam taassurotlar bilan vataniga qaytdi. O'zbekistonga imkon topishi bilan yana kelish niyatida ekanini bildirdi.

 

G'ulom Mirzo

Nashr sanasi 24.12.2019 Ko'rishlar 9 520
Ulashish