Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi norma so‘z va axborot erkinligi yuksalishiga, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik muhiti mustahkamlanishiga xizmat qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘shma yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

  • Loyihada mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosatini qat’iy davom ettirishga qaratilgan qoidalar mustahkamlanayotgani alohida e’tirof etildi. Xususan, davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlashi, shuningdek ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mustahkamlanmoqda.
  • Ayni paytda Hukumat zimmasiga ijro hokimiyati organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatidagi korrupsiya ko‘rinishlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini va ochiqligini oshirish choralarini ko‘rish vazifasi belgilanayotgani  qayd etildi.

 

Nashr sanasi 24.02.2023 Ko'rishlar 5 967
Ulashish