Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Izboskan tumani sudlari tomonidan hududdagi 2-son kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan yoshlar uchun ochiq muloqot o‘tkazildi. “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlarning mohiyati suhbatning bosh mavzusi bo‘ldi.

Jumladan, yurtimizda barcha fuqarolar teng huquq va majburiyatga ega ekanligi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning o‘zagi hisoblanishi hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi.

Qonun ustuvorligiga erishish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, jazo turlarini liberallashtirish, qiynoqlarning oldini olish, gender tengligini, shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, so‘z erkinligini mustahkamlash, qolaversa, to‘g‘ri yo‘ldan adashganlarga insonparvarlik tamoyili asosida yana bir imkon berish hamda ularni jamiyatga moslashtirish borasida ro‘yobga chiqarilayotgan salmoqli ishlar xususida so‘z yuritildi.

Muloqotda jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudi raisi J. Yakubxo‘jaev, fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda tumanlararo iqtisodiy sudlar raislari A. Masardinov, R. Asqarov yoshlarga puxta bilim va hunar egallash barobarida, huquqiy bilimlarini mustahkamlab borishlari yuzasidan tavsiyalar berib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy Telegram-kanali

 

Nashr sanasi 28.02.2023 Ko'rishlar 5 746
Ulashish