Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan uchrashdi

2023 yil 13 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari F.Tyurk mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev, Adliya vaziri A.Tashqulov va Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov ishtirok etdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida demokratik yangilanishlar yo‘lidan odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimizni rozi qilish, inson qadrini ta’minlashga qaratilgan. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida yurtimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida shiddatli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda inson huquqlari sohasida samarali davlat siyosatini yuritishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi alohida o‘rin tutadi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan muloqot asnosida ushbu tizimning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi ishtirokiga daxldor masalalar yuzasidan  o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 13.03.2023 Ko'rishlar 6 018
Ulashish