Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Muloqot mavzusi: xalqaro huquq va Markaziy Osiyo

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy muvofiqlashtirish kengashining 17 apreldagi yig‘ilishi ayni shu mavzuga bag‘ishlandi. Yig‘ilish Davlat va huquq instituti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Oflayn va onlayn shaklda tashkil etlgan tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov o‘zining qutlov nutqida inson huquqlari va erkinliklari zamonaviy huquqshunoslikning muhim jihatlaridan biri ekanini ta’kidladi. Bu sohadagi xalqaro hamkorlik O‘zbekistonda huquqshunoslikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti  professori Vladislav Tolstixning “Xalqaro huquq va Markaziy Osiyo” mavzusidagi ma’ruzasi yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.  Ma’lumki, V.Tolstix xalqaro huquq bo‘yicha 10 ta monografiya hamda 180 dan ortiq ilmiy maqola muallifi hisoblanadi.

Yig‘ilishda Davlat va huquq instituti direktor o‘rinbosari professor A.To‘laganov, ushbu institut ilmiy xodimi R. Nazarov, Milliy markaz yetakchi mutaxassisi A.Nabiev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi dotsenti G.Alimov so‘zga chiqdilar. Qoraqalpog‘iston, Termiz, Samarqand, Namangan davlat universitetlari yuridik fakultet dekanlari va tadqiqotchilari ham o‘z chiqishlari bilan qatnashdi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 18.04.2023 Ko'rishlar 6 052
Ulashish