Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Akmal Saidov Polshaning “Marshalek” nashriyot uyi rahbari Adam Marshalek bilan uchrashdi.

2023-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Polshaning “Marshalek” nashriyot uyi rahbari Adam Marshalek bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida mehmonga mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida batafsil ma`lumotlar berildi.

A.Marshalek O‘zbekiston Bosh qomusi ekspert va olimlarning emas, balki fuqarolarning fikr-mulohazalari, bevosita xalqdan kelib tushgan takliflar asosida yangilanganini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Nashr sanasi 01.05.2023 Ko'rishlar 6 163
Ulashish