Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekistonda vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlari so‘zsiz ta’minlanadi – Prezident

"Hech shubhasiz, biz bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot bilan birga ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.

Saylovoldi uchrashuvlarida milliy o‘zligimiz va ezgu qadriyatlarimizni asrab-avaylash, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat  sohalarini  rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha belgilab olgan vazifalarni sizlar bilan, keng jamoatchilik bilan birgalikda amalga oshiramiz

O‘zbekistonda barcha siyosiy huquqlar qatorida vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlari so‘zsiz ta’minlanadi.

Biz demokratiya va ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, konstruktiv muxolifat faoliyatini, so‘z va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlaymiz.

O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi o‘lkasi yoki mintaqasida bo‘lmasin, qonunlarimiz himoyasida bo‘ladi. Chet eldagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni yanada mustahkamlaymiz" - dedi Prezident.

Nashr sanasi 17.07.2023 Ko'rishlar 6 061
Ulashish