Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

JIDUda “Diniy ma’rifat va millatlararo bag’rikenglik – jamiyat barqarorligi sharti” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir o‘tkazildi

16-noyabr – Xalqaro bag’rikenglik kuni munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetida “Diniy ma’rifat va millatlararo bag’rikenglik – jamiyat barqarorligi sharti” mavzusida fakultet  professor-o’qituvchilari va talalabalar ishtirokida ilmiy-amaliy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi mutaxassislari A.Nabiyev va N.Sultonovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ma’lumki, turli madaniyatga mansub aholi vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab kelayotgan O‘zbekistonda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda. Bag‘rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi.

 

JIDU Xalqaro Huquq

Nashr sanasi 22.11.2023 Ko'rishlar 4 934
Ulashish