Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy Xalq Vakillari Kengashi Raisi o‘rinbosari Chjan Szinvey boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi

Bugun Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy Xalq Vakillari Kengashi Raisi o‘rinbosari Chjan Szinvey boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov hamda Spiker o‘rinbosari Xayrulla G‘afforovlar kutib oldi.

Tashrif davomida Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy Xalq Vakillari Kengashi delegatsiyasining Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlari, ko‘hna Samarqandning tarixiy va me’moriy obidalariga tashrifi rejalashitirilgan.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Nashr sanasi 18.12.2023 Ko'rishlar 4 965
Ulashish