Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

TA’ZIYANOMA

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi jamoasi Milliy markazning mas’ul xodimi Asiya Jasimovaga otasi Islom Jasimovning vafoti munosabati bilan  hamdardlik bildiradi.

Taniqli huquqshunos Islom Jasimov mamlakatimizning huquqni muhofaza qiluvchi organlarida turli mas’uliyatli lavozimlarda fidkorona xizmat qilgan. Davlatimiz va xalqimiz oldidagi sodiq xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni, “Shuhrat” medali, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i” kabi bir qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Islom Jasimov uzoq yillar davomida Milliy markaz bilan yaqin amaliy hamkorlik qilib kelganini e’tirof etamiz va qadrlaymiz.

Fidoyi va oqil inson, el-yurt xizmatiga kamarbasta farzandlar tarbiyalagan mehribon ota – Islom Kozimovichning yorqin xotirasi unutilmaydi, qalblarimizda yashab qoladi. Alloh o‘z rahmatiga olib, oxiratlarini obod qilsin.

Marhumning barcha oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur ta’ziya izhor qilamiz.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi jamoasi

Nashr sanasi 17.01.2024 Ko'rishlar 4 949
Ulashish