Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Endi fuqarolar mansabdor shaxslar qarorlari ustidan maʼmuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlamaydi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–897-son, 16.01.2024-y.) bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Unga koʻra, jismoniy shaxslar oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

Bunday holatlarda fuqarolardan berilgan arizalar boʻyicha undiriladigan davlat boji BHMning 70 foizi etib belgilandi (ilgari BHMning 1 baravari miqdorida edi).

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Nashr sanasi 18.01.2024 Ko'rishlar 5 014
Ulashish