Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Strasburg shahrida Yevropa parlamenti deputatlari bilan uchrashdi

Joriy yilning 15-17-yanvar kunlari Oliy Majlis vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyaning Strasburg shahrida, Yevropa parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrif davomida Yevropa parlamenti deputatlari ishtirokida  “O‘zbekiston va Yevropa parlamenti o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni yana-da jadallashtirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda 30 ga yaqin Yevropa parlamenti deputatlari, shuningdek, turli parlament fraksiyalarining siyosiy maslahatchilari ishtirok etdi.

Davra suhbati qatnashchilariga “Yangi O‘zbekiston 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.

Yevroparlament deputatalri keyingi yillarda O‘zbekistondagi o‘zgarish va yangilanishlardan yaxshi xabardor ekanliklarini, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.  

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining Strasburg shahriga tashrifi doirasida Jeneva diplomatik korpusi prezidenti, shveysariyalik Robert Blumning “O‘zbekiston – Markaziy Osiyo durdonasi” kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISI SENATI

Nashr sanasi 25.01.2024 Ko'rishlar 4 988
Ulashish