Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Badiiy ijod erkinligi va madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi himoyasi yo‘lida

11-mart kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonda xalqaro huquqni qo‘llash sifatini oshirish” (EQUAL) loyihasi doirasida xalqaro ekspertlik muhokamasi o‘tkazildi. Tadbir “Yuksalish” harakati tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Xalqaro yuristlar komissiyasi hamkorligida onlayn va oflayn shaklda tashkil etildi.

Ekspertlik muhokamasi mamlakatimizda badiiy ijod erkinligi va boshqa madaniy huquqlarni himoya qilish mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda tegishli vazirlik va davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari namoyandalari hamda mustaqil ekspertlar ishtirok etdi.

Muhokamalar doirasida Milliy markaz vakillari ham so‘zga chiqdi.

Tadbir yakunida yurtimizda badiiy ijod erkinligi va madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi himoyasini yanada takomillashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 13.03.2024 Ko'rishlar 4 810
Ulashish