Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Shaxmat va shashka g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

5-aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida sportning shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tadbir Milliy markaz xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sport mashg‘ulotlariga keng jalb qilish va intellektual bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

 Shaxmat bo‘yicha:

 birinchi o‘rin – A. Ramazonovga;

 ikkinchi o‘rin – O.Norboyevga;

 uchinchi o‘rin – N.Sultonov;

 to‘rtinchi o‘rin  – O.Abdurasulovga nasib etdi.

 

Shashka bo‘yicha:

birinchi o‘ringa  – M.Talipova;

ikkinchi o‘ringa – L.Holiqulov;

uchinchi o‘ringa – N.Yunusova;

to‘rtinchi o‘ringa – M.Muxtarov sazovor bo‘ldi.

 

Musobaqa g‘oliblari sovg‘alar bilan  taqdirlandi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazi

Matbuot xizmati

Nashr sanasi 05.04.2024 Ko'rishlar 4 624
Ulashish