Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Akademiklar iqtidorli talabalar bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik Qalandar Abdurahmonov Samarqand davlat universitetining iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tadbirni kirish so‘zi bilan ochdi.

 Akademiklar mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati kabi masalalarga alohida to‘xtaldi. O‘zlari bosib o‘tgan hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari haqida gapirib berdi. Yurtimizda kechayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar yuzasidan so‘z yuritdi.

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti, professor-o‘qituvchilari faoliyatiga yuqori baho berildi.

 M.Qosimova, O‘zA

Nashr sanasi 08.05.2024 Ko'rishlar 5 117
Ulashish