Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Akademiklar o‘quvchilar bilan uchrashdi

Samarqand shahridagi Prezident maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Akmal Saidov va Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahar filiali direktori, O‘zFA akademigi Qalandar Abdurahmonov bilan o‘quvchilarning uchrashuvi tashkil etildi.

Unda ta’lim maskani o‘qituvchi va yoshlari bilan birga hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari ham ishtirok etdi.

O‘quvchilar samimiy suhbat orqali akademiklardan ilm olish sirlarini o‘rgandi, ularning hayot va ilm yo‘llari haqida bilib oldi.

Faol o‘qituvchi va o‘quvchilar akademiklarning e’tiboridan chetda qolmadi - o‘zlari yozgan kitoblardan sovg‘a qildi.

ZARNEWS.UZ

Nashr sanasi 15.05.2024 Ko'rishlar 4 351
Ulashish