2024-yil 7-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida 2025-2027-yillar uchun BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi aʼzolariga saylov boʻlib oʻtdi.
Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo davlatlarning 185 nafar ovozini oldi va o‘z tarixida birinchi marta Kengash a’zoligiga saylandi.
Mamlakatimizning BMTning ushbu muhim organiga saylangani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida davlat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqaro hamjamiyat va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan keng e’tirof etilganidan dalolatdir.
Eslatib oʻtamiz, mazkur Kengash BMTning asosiy organi boʻlib, tashkilotning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼuldir. Ushbu tuzilma Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida barqaror rivojlanishning barcha uch yoʻnalishi – iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan ragʻbatlantirish boʻyicha asosiy oʻrinni egallaydi. U uch yillik muddatga saylanadigan 54 a’zodan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti
- Qo'shildi: 10.06.2024
- Ko'rishlar: 1825
- Chop etish