Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining oilaviy majburiyatlarga ega ishchilar - erkaklar va ayollar - uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qildi.

Prezident Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli konvensiyasini ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzoladi.

Ushbu konvensiyaning maqsadi haq to‘lanadigan mehnatda ishlaydigan ayollar va erkaklar uchun teng munosabat va imkoniyatlarni, shuningdek, oilaviy majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslarga o‘z huquqlaridan diskriminatsiyasiz va kasbiy va oilaviy majburiyatlarni imkon qadar uyg‘unlashtirgan holda foydalanishni ta’minlashdan iborat.

Avvalroq Senat ratifikatsiya to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqib, mazkur konvensiyaning barcha talablari mamlakat milliy qonunchiligiga to‘liq tatbiq etilganini ta’kidlagan edi.

Hozirda konvensiya Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo 187 davlatdan 45 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ular orasida Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ozarboyjon va Qozog‘iston bor.

Kun.uz

Nashr sanasi 21.06.2024 Ko'rishlar 4 717
Ulashish