Parlament eshituvida deputatlar oliy ma’lumotli yoshlarning doimiy ish bilan ta’minlanishi, iqtidorli yoshlarning ta’lim kreditiga ega bo‘lishi, o‘z yo‘lini topa olmayotgan yoshlarni kasb-hunarga qayta tayyorlash masalalarida yechimini kutayotgan muammolar mavjudligiga e’tibor qaratdi.
Eshituvda siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘zlarining dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, muhokama etilayotgan masala yuzasidan munosabatlarini bildirdilar.
Savol-javob va muhokamalarga boy bo‘lgan parlament eshituvida deputatlar yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berishdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi. Parlament eshituvi yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
- Qo'shildi: 17.07.2024
- Ko'rishlar: 1350
- Chop etish