Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Akmal Saidov: O‘zbekiston jahon maydonida o‘z ovozi, o‘rni va tashabbusiga ega davlat!

Toshkentda tashkil etilayotgan Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi jahon hamjamiyati e’tiborida bo‘lib turibdi. Shu bois haftalik doirasida milliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan 300 dan ziyod xorijiy hamkorlar bilan birgalikda 50 dan ortiq uchrashuvlar, davra suhbatlari, amaliy muloqotlar o‘tkazilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov OAV vakillari bilan suhbatda mazkur yig‘ilishlar istiqboliga alohida to‘xtaldi. “O‘zbekistonning demokratik davlatligi saylovlarda o‘z ifodasini topadi” deydi u.

Akmal Saidov, shuningdek, O‘zbekiston bugungi kunda dunyoga ochilganini, dunyo esa mamlakatimizga boqayotganini qayd etar ekan, 100 ta davlat fuqarolariga bir oygacha vizasiz kelish imkoniyatini berilgani hech qaysi davlatda kuzatilmagan islohot ekanini ta’kidladi.  

Behruz Xudoyberdiyev, Anvarxo‘ja Ahmedov (video),

O‘zA

Nashr sanasi 18.10.2024 Ko'rishlar 3 954
Ulashish