Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

So‘z - “Inson huquqlari uyi” ochilishi ishtirokchilariga

Sabina Mahl – BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi:

 

–  Barchangizni Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari oilasi tomonidan judayam muhim tadbir – “Inson huquqlari uyi”ning ochilishi bilan qutlashdan bag‘oyat xursandmiz. Endi yangi axborot-resurs markazi va kutubxona boshqa viloyatlardagi kutubxonalar kabi inson huquqlariga oid muhim axborot va ma’lumotlar manbasi sifatida jamoatchilikka xizmat qilishi bizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Ushbu tadbir izma-iz kelayotgan bayramlar, ya’ni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida o‘tayotganidan foydalanib, sizlarni ana shu ayyomlar bilan ham tabriklayman. Barchangizga qimmatli vaqtingizni ajratib, ushbu tadbirda ishtirok etganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 03.12.2024 Ko'rishlar 3 531
Ulashish