"Inson huquqlari uyi" – inson sha’ni, qadr-qimmatining yangi mustahkamlangan kafolati

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorligida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Axborot-resurs markazi negizida “Inson huquqlari uyi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga faoliyati inson huquqlarini himoya qilish va huquqiy normalarni targ‘ib qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat organlari mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, ilm-fan va jamoat arboblari ishtirok etdi.

Tantanali ochilish tadbirida odatiy an’ana tasma qirqish marosimi o‘tkazildi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan bunyod etilgan “Inson huquqlari uyi”ning ochilishi mamlakatimiz inson huquqlarini himoya qilish tizimi taraqqiyoti yo‘lida g‘oyat muhim qadam ekanligini e’tirof etdilar.

Jumladan, AOKA direktori Asadjon Xodjayev “Inson huquqlari uyi” faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi bilan barchani qutlab: "Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, asosiy vazifalari qatorida inson huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning solnomasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari bo‘yicha mas’ul hisoblanadi", dedi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, asosiy vazifalari qatorida inson huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning solnomasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari bo‘yicha ham mas’ul hisoblanadi, deya ta’kidladi A.Xodjayev so‘zi davomida.

Tantanali tadbir yakunida mehmonlar “Inson huquqlari uyi”ning faoliyati bilan tanishdilar.

Ma’lumot uchun: tantanali tadbir 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va 10-dekabr – Inson huquqlari xalqaro kuni timsolidagi ikkita muhim sanaga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali

Powered by GSpeech