TDYUda “Inson huquqlari himoyasini ta’minlash: zamonaviy chaqiriqlar va ilmiy tashabbuslar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 76-yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Bolalar ombudsmani, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Davlat va huquq instituti, Demokratiya va inson huquqlari instituti, jamoat birlashmalari vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, talabalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida inson huquqlarining universalligi va bo‘linmasligini tiklashga ko‘maklashish, inson huquqlari himoyasini umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida ta’minlash haqidagi muloqotni rivojlantirish, globallashuv, raqamlashtirish va transmilliy inqirozlar sharoitida inson huquqlariga tahdid va chaqiriqlarni ko‘rib chiqish va ularni bartaraf etish yo‘llarini taklif etish, inson huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va ilmiy hamjamiyat vakillari o‘rtasida ilg‘or tajriba va amaliyotni almashish uchun platforma yaratish, yangi texnologiyalar va raqamli rivojlanish jarayonida inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning yangi usullari, xususan, raqamli huquqlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kabi sohalarda innovatsion yondashuvlar ilmiy va amaliy jihatdan muhokama qilindi.

Anjumanda muhokama etilgan barcha masalalar, bildirilgan fikrlar asosida inson huquqlarining himoyasini ta’minlashda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va u asosida ishlab chiqilgan xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka ta’siri, inson huquqlarini ta’minlash jarayonlariga raqamlashtirishning ta’siri, raqamli inson huquqlarini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

TDYU

Powered by GSpeech