O‘quvchi-talabalar Milliy markaz faoliyati bilan tanishdilar

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga o‘quvchi va talabalarning sayohati tashkil etildi. Tadbir Milliy markaz tashabbusi bilan Konstitutsiya kunini nishonlashga bag‘ishlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida o‘tkazildi.

Yoshlar Milliy markazning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan yaqinda Milliy markazda rasman ish boshlagan "Inson huquqlari uyi" haqida ham ma’lumot taqdim etildi. Ushbu loyiha inson huquqlari sohasida axborot tarqatish va aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy markazga yoshlarning sayohati Inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish hamda Jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limlari hamkorligida o‘tkazildi. Milliy markaz mutaxassislari mehmonlar bilan O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha fikrlashdilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech