O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida davom etayotgan umummilliy harakat – “Yashil makon” loyihasi doirasida Zangiota tumani O‘rtaovul mahalla fuqarolar yig‘inida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Zangiota tumani Kengashi vakillari – olimlar, deputatlar, mahalla oqsoqollari, mahalla yettiligi ishtirokida ezgu amal, ezgu niyat, ezgu ish tadbiri amalga oshirildi.
Mamlakatimizda har bir yilning alohida u yoki bu nom bilan atalishi bejiz emas, albatta. Shu ma’noda, kirib kelayotgan 2025 yilning yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlanishi kishini quvontiradi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni 2025 yilda ham davom ettirish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va ekologik vaziyatning barqarorligini ta’minlash maqsadi ustuvordir.
Loyiha – tadbir doirasida 1000 tup terak, 200 tup pavloniya daraxti ko‘chatlari o‘tqazildi.
O‘zA
- Qo'shildi: 16.12.2024
- Ko'rishlar: 359
- Chop etish