Aholiga davlat dasturi loyihasi tanishtirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari joylardagi o‘rganishlari davomida ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda, aholi vakillari bilan muloqot qilib, mavjud muammolar o‘rganilyapti. Eng muhimi, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Deputat Akmal Saidov ham Zangiota tumanida bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Uchrashuvlar saylovchilarni “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi bilan tanishtirishdan boshlandi.

A.Saidov davlat dasturi loyihasining aynan Zangiota tumani ijtimoiy-iqtisodiy hayotini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Deputat, shuningdek, o‘z saylovchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining keyingi yillarda ilgari surgan milliy, mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati yuzasidan atroflicha fikrlashdi.

Davlatimiz rahbarining kitoblari, ma’ruza va nutqlari, xorijiy mamlakatlar hamda yurtimiz hududlariga, shu jumladan, Toshkent viloyatiga tashriflari asnosida belgilab berilgan muhim vazifalar inson baxti, jamiyat farovonligi va davlat taraqqiyotida nechog‘lik katta ahamiyatga egaligi xususida ham batafsil so‘z yuritildi.

O‘z navbatida, fuqarolarning murojaatlari ham tinglanib, tegishli choralar ko‘rildi.

M.Komilova, O‘zA

Powered by GSpeech