2025-yilning 25-fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Jizzax viloyati ta’lim muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari” o‘qitilishi sifati yuzasidan monitoring tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46 sonli qarorining ijrosi ta’minlash doirasida Milliy markaz tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bunda asosiy e’tibor aholi, xususan, bolalar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim muassasalarida inson huquqlari bo‘yicha bilimlar yanada mustahkam o‘qitilishini nazarda tutadi. Pirovard natijada fuqarolarning inson huquqlarini ongli ravishda hurmat qilishiga erishish ko‘zlangan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax politexnika universiteti, Jizzax shahar 2-son politexnikumi hamda Sharof Rashidov tuman 2-son politexnikumining ta’lim jarayonlari o‘rganildi. Ta’lim muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari”ning o‘qitilish sifatini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazildi.
Mas’ul shaxslarga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Monitoring doirasida o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim jarayoni haqida so‘rovnoma ham o‘tkazildi. Natijalar asosida tahlillar amalga oshirilib, tegishli tavsiyalar Jizzax viloyatidagi ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 26.02.2025
- Ko'rishlar: 727
- Chop etish