Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Senatda Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Assambleyaning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘liq mos keladigan “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati” mavzusining tarixiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong O‘zbekiston parlamenti faoliyatining ijobiy jihatlari boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lishi mumkinligi ta’kidladi.

 

Bu hafta Toshkentga qariyb 2000 nafar mehmon kelishi kutilmoqda. Shuni aytmoqchimanki, bu hafta davomida Toshkent parlament diplomatiyasining poytaxtiga aylanadi. Bu yig‘ilish global hamjamiyat duch kelayotgan muammolar, ziddiyatlar va nizolarni muloqot orqali hal qilish mumkinligini ko‘rsatuvchi namunaga aylanadi.

 

Ayni vaqtda dunyo murakkab muammolar, urushlar va ziddiyatlar girdobida qolayotgan bir paytda, ushbu assambleyaning O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakat rahbariyatining ko‘p tomonlama hamkorlik va parlament diplomatiyasini rivojlantirishga bo‘lgan sodiqligini ko‘rsatadi. Bu uchun Parlamentlararo Ittifoq juda minnatdordir.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati

Nashr sanasi 03.04.2025 Ko'rishlar 3 521
Ulashish