«Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat» tamoyili asosida tizim yo‘lga qo‘yiladi

Tizim vijdon erkinligini ta’minlash, turli konfessiyalar vakillarining o‘zaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

«Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- jamiyatda diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlashga oid ilg‘or mexanizmlarni joriy etish;

- diniy-ma’rifiy sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish orqali zamon talablariga mos mutaxassislarni yetishtirish;

- aholi orasida birdamlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuchaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash.

«Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat» tamoyili asosida yangi hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda quyidagi tashkilotlar hamkorlik qiladi:

- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

- O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

- Yoshlar ishlari agentligi

- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

- Ichki ishlar vazirligi

Ushbu hamkorlik tizimining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- diniy sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish;

- vijdon erkinligini ta’minlash, turli konfessiyalar vakillarining o‘zaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash.

Kun.uz

Powered by GSpeech