Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

23-aprel – O‘zbekiston bo‘ylab "Avtomobilsiz kun"

23-aprel kuni Toshkent, Nukus shaharlari hamda mamlakatimizning barcha viloyatlari markazlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va transport harakati oqimini kamaytirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ushbu kunda davlat idoralari rahbarlari va xodimlari, shuningdek, barcha fuqarolarga jamoat transporti, velosiped kabi ekologik toza transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga ko‘ra, "Avtomobilsiz kun" aksiyasi har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish orqali har birimiz o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shamiz.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 23.04.2025 Ko'rishlar 3 582
Ulashish