“Agro Biznes Inform” jurnalining 2025-yil 1-sonida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va tarjimon G‘ulom Mirzoning bir turkum she’rlari e’lon qilindi. Ushbu nazmiy misralarda Vatanga muhabbat va sadoqat, insonga xos xotira va qadr, mehr va oqibat tuyg‘ulari tarannum etilgan.
Tahririyatning mazkur ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnal sahifalaridan she’riyat uchun joy ajratib kelayotgani muhim. Bu, bir tomondan, jurnalxonlar safi kengayishiga hissa qo‘shsa, ikkinchi tomondan, tahririyat hamkorlari yanada ko‘payishiga turtki bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun: “Agro Biznes Inform” jurnali 2020-yil 31-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy jurnallar ro‘yxatiga olingan. Davriy nashrning muassislari – O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Kafolat servis” MCHJ hisoblanadi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 16.05.2025
- Ko'rishlar: 387
- Chop etish