23-iyul kuni Toshkent shahrida "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli Farmoniga ko‘ra, "Avtomobilsiz kun" aksiyasini har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu oydagi aksiya 23-iyul kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
Mazkur jamoatchilik loyihasi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va transport harakati oqimini kamaytirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ushbu kunda davlat idoralari rahbarlari va xodimlari, shuningdek, barcha fuqarolarga jamoat transporti, velosiped kabi ekologik toza transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish orqali har birimiz o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shamiz.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 22.07.2025
- Ko'rishlar: 506
- Chop etish