26-iyul, shanba kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi jamoasi Toshkent viloyatining tog‘li hududiga sayohat qildi. Dam olish tadbiri Milliy markazning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan uyushtirildi.
Bu sayohat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-mayda qabul qilingan “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni doirasida tashkil etildi.
Milliy markaz xodimlari va ularning oila a’zolari dam olishni Bo‘stonliq tumanidagi "Orient Village" maskani restoranida yengil nonushta bilan boshladilar. Dam oluvchilarning qayiqda ko‘l atrofini aylanib chiqishi uchun qulay sharoitlar yaratilgani jamoamiz a’zolariga manzur bo‘ldi.
Hamkasblarimiz voleybol, shaxmat-shashka, bouling o‘yinlari va musiqiy dam olish bilan ham mashg‘ul bo‘ldilar. Shuningdek, yozgi suzish havzalaridan foydalanib, sohilbo‘yi maskanlarida musaffo tog‘ havosidan bahra oldilar.
Bir kunlik dam olish xodimlarimizga bir olam zavq-shavq, maroq va halovat baxsh etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.07.2025
- Ko'rishlar: 214
- Chop etish