"Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida" nomli kitob taqdimoti

19-avgust kuni Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning o‘zbek tilida ilk bor nashr etilgan "Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida" nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Xitoy Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha jamiyati, Xitoy Xalq Respublikasining Adabiyotlarni xorijiy tillarda nashr etish va tarqatish ishlari bo‘yicha boshqarmasi, XXRning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamkorligida tashkil etildi.

Kitob taqdimotida 14-chaqiriq Umumxitoy qo‘mitasi Xalq siyosiy maslahatlashuv kengashining doimiy a’zosi, Milliy va diniy ishlar bo‘yicha komissiya boshlig‘ining o‘rinbosari, Xitoy inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha jamiyatining ijrochi vitse-prezidenti Szyan Szyango, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, XXRning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun, XXRning Adabiyotlarni xorijiy tillarda nashr etish va tarqatish ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yuy Tao, diplomatik korpus, ilmiy va akademik doiralar, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Xitoy va O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi ekspertlari ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida "Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida" nomli kitob Xitoyning inson huquqlarini himoya qilish masalalariga oid konseptual yondashuvlarini ochib beruvchi nufuzli manba sifatida muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Ushbu kitobning o‘zbek tilida nashr etilishi o‘zaro ilmiy ma’rifat almashish, davlatlararo muloqotni chuqurlashtirish va gumanitar hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi e’tirof etildi.

Tadbir yakunida mehmonlar va ishtirokchilarga XXR Raisi Si Szinpinning "Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida" nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdim etildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

"Dunyo" AA

UzDaily.uz

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Aniq.uz

Powered by GSpeech