“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti g‘oliblari joriy yilda ilk marta aniqlanadi. Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshqargan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti tanlovini o‘tkazish bo‘yicha senatorlar, deputatlar, qator vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tashkiliy qo‘mitaning dastlabki majlisida shu haqda so‘z bordi.
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti tanlovi mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolik jamiyati institutlari, faol jamoatchilik vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida har ikki yilda o‘tkaziladi. U joriy yilda ilk marotaba tashkil etilmoqda.
Tanlovda “Inson huquq va erkinliklarining samarali himoyachisi”, “Yoshlar siyosati sohasidagi tashabbuskor yetakchi”, “Mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalarining faoli”, “Eng faol jamoatchilik nazoratchisi”, “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha faol va tashabbuskor”, “Ijtimoiy innovatsiyalar va rivojlanish bo‘yicha eng faol va tashabbuskor”, “Inklyuziv jamiyat barpo etish bo‘yicha eng faol va tashabbuskor”, “Metsenatlik faoliyati bo‘yicha eng faol va tashabbuskor” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
Ma’lumot uchun: “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti Prezidentimizning 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida ta’sis etilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 26.08.2025
- Ko'rishlar: 207
- Chop etish