Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik: O‘zbekiston – bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha Global alyans a’zosiga aylandi

Xalqaro hamkorlik: O‘zbekiston – bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha Global alyans a’zosiga aylandi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati bolalarga oid huquqiy asoslarni kuchaytirish, ularni himoya qiluvchi institutlarni rivojlantirish va ijtimoiy xizmatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Bu amaliy ishlarning natijasi o'laroq, O'zbekiston dunyodagi 46- davlat va Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha Global alyansga qo‘shildi. 

Bu – katta sharaf va ulkan mas’uliyatdir. Ushbu qadam nafaqat xalqaro e’tirof, balki umumiy tanlovimizdir: O‘zbekistondagi har bir bola o‘zini xavfsiz his qilishi va bolaligi himoyalanganini bilishi uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Alyansga qo‘shilish O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi: boshqa davlatlar tajribasidan o‘rganish, samarali amaliyotlar bilan o‘zaro almashish va jahon tajribasidan foydalanish. Bu – dunyo hamjamiyati bilan hamkorlikda bolalarni himoya qilish yo‘lidagi muhim qadamdir - Shahnoza Mirziyoyeva

Bu tashabbus O‘zbekistonda bolalar xavfsizligini ta’minlash va xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Nashr sanasi 08.09.2025 Ko'rishlar 2 884
Ulashish