Prezident qarori (PQ-270-son, 08.09.2025 y.) bilan “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat qabul qilindi.
”E-ekspertiza” axborot tizimi joriy etilib, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar orqali tadqiqotlarning tezkorligi va xolisligi ta’minlanadi.
Sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlar o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi 100%ga yetkaziladi.
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini birlashtiruvchi O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi tuziladi.
Nodavlat ekspertlarga sud-ekspertlik byurosi shaklida yakka tartibda faoliyat yuritish huquqi beriladi.
Yangiliklar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
-
2025-yil 1-noyabrdan advokat so‘roviga ko‘ra shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazish tartibi joriy etiladi;
-
2025-yil 15-dekabrdan shaxslar “Sud-ekspert” portali orqali onlayn murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
-
2026-yil 1-yanvardan sud ekspertlari joylarda obyektlarni ko‘zdan kechirishda bodikameradan foydalanishi majburiy bo‘ladi;
-
2026-yildan “E-ekspertiza” tizimi respublikadan boshlab barcha darajada bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 09.09.2025
- Ko'rishlar: 73
- Chop etish