Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Akmal Saidov Qo‘qonda ochilgan xalqaro pedagogik simpoziumda onlayn ishtirok etdi

9-10-oktyabr kunlari Qo‘qon shahrida xalqaro pedagogik simpozium bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’rifiy anjuman “O‘quvchilarni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning individual va differensial texnologiyalari” mavzusiga bag‘ishlandi.

 Simpoziumning ochilishida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati akademik Akmal Saidov onlayn ishtirok etdi va ma’ruza qildi.

 Xalqaro anjumanda parlament quyi palatasi deputatlari, pedagog olimlar, faxriy o‘qituvchilar, qo‘shni mamlakatlardan kelgan mehmonlar hamda xorijda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlar so‘zga chiqdi. Ishtirokchilar tomonidan yurtimiz yoshlariga o‘z iqtidorini namoyon etishiga har tomonlama ko‘maklashish, ularni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bu borada o‘qituvchi-murabbiylarning tutgan o‘rni, shuningdek, milliy ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama etildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 10.10.2025 Ko'rishlar 2 670
Ulashish