10-oktyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida yosh olimlarning davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqot “BMT 80-sessiyasida global chaqiriqlar sharoitida O‘zbekistonning barqaror rivojlanish tajribasi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi tashabbuslari doirasida fikr yuritildi. Xususan, inson huquqlari va barqaror rivojlanish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatayotgan yangi global chaqiriqlar atroflicha muhokama qilindi.
Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda inson huquqlari sohasidagi qonunchilik va institutsional asoslarni takomillashtirish, ta’lim tizimini isloh qilish va barcha uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, gender tenglikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davra suhbatida, shuningdek, jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari ham tahlil etildi.
Qizg‘in muloqotlarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilari qatnashdilar.
Davra suhbati qizg‘in va muhokamalarga boy tarzda o‘tdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 10.10.2025
- Ko'rishlar: 227
- Chop etish