Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorlikda «Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar» mavzusidagi milliy tanlovni e’lon qilgan. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, milliy tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilish muddati 2025-yil 15 noyabrga qadar uzaytirildi. Bunda ishtirokchilar takliflari inobatga olindi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
-
Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
-
Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
-
Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyoti va elektron o‘quv adabiyoti;
-
Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
-
Inson huquqlari bilimdoni;
-
Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.
Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2025@nhrc.uz elektron manziliga 2025-yil 15-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim.
Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari dekabr oyida – Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadilar.
- Qo'shildi: 15.10.2025
- Ko'rishlar: 170
- Chop etish