BMT Xavfsizlik Kengashining “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik to‘g‘risida”gi 1325-sonli rezolutsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan milliy maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) O‘zbekistondagi loyihalar muvofiqlashtiruvchisi hamkorligida tashkil etildi.
Senatning Yoshlar, ayollar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova o‘z chiqishida Yangi O‘zbekiston strategiyasida 2030-yilgacha gender tenglikni ta’minlash muhim maqsad etib belgilanganini, xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha muhim qonunlar qabul qilinganini alohida ta’kidladi.
Tadbirda 2022–2025-yillarda amalga oshirilgan Milliy harakatlar rejasi doirasidagi yutuqlar tahlil qilindi, shuningdek, yangi davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. 
2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi ayollarning tinchlik jarayonlaridagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish hamda gender tenglikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Maslahatlashuv doirasida ishtirokchilar to‘rt guruhga bo‘linib, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, ularning tinchlik jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, aholining xabardorligini oshirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
- Qo'shildi: 30.10.2025
- Ko'rishlar: 154
- Chop etish
 Ўзбекча
 Ўзбекча English
 English Русский
 Русский 
                                 
                                 
                               
                                                  