Yangi O`zbekiston-xorijliklar nigohida

Ozarbayjondan munosabat: Samarqandda bo'lib o'tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi O'zbekiston qo'lga kiritgan global nufuzni aks ettiradi

BOKU, 3-noyabr. /Dunyo" AA/. Ozarbayjonlik siyosatshunos va "hafta.az" elektron nashri muxbiri Vusal Tagibayli "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30-oktyabr kuni Samarqandda bo'lib o'tgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Tashkilot tashkil etilganining 80 yilligi munosabati bilan Samarqandda YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasining o'tkazilishi Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O'zbekistonning xalqaro nufuzi ortib borayotganining yaqqol dalilidir.

O'zining boy madaniy merosi bilan O'zbekiston butun dunyodan kelgan sayyohlar uchun sevimli maskanga aylandi. Markaziy Osiyoning qadimiy sivilizatsiyasi izlarini saqlab qolgan bu ajoyib mamlakat mintaqa uchun ilm-fan va madaniyat markazi bo'lib qolishga intilayotgani alohida e'tiborga loyiqdir. Bugungi tadbirning O'zbekiston uchun ahamiyatini bir necha jihatdan baholash mumkin. Birinchidan, bu O'zbekistonning siyosiy maydonda qo'lga kiritgan global hurmatini aks ettiradi. Mamlakatning davom etayotgan islohotlari va dunyoga ochiqlik siyosati xalqaro hamjamiyat e'tiboridan chetda qolmadi.

Ikkinchidan, bu mintaqa tarixidagi eng yirik konferensiya. Bunday xalqaro tadbirlar mintaqaga qiziqishning ortishiga va xorijiy investitsiyalarning oqimiga hissa qo'shadi.

Uchinchidan, global tashkilot bo'lgan YUNESKOning 40 yildan so'ng birinchi marta Parijdan tashqarida, xususan, Samarqandda o'z konferensiyasini o'tkazayotgani shaharning rivojlanayotgan madaniy markazidan dalolat beradi.

Menimcha, YUNESKO Bosh konferensiyasini Samarqandda o'tkazish O'zbekiston va uning rahbariyati uchun shubhasiz muvaffaqiyat bo'lib, xalqaro hamjamiyatga mamlakat madaniyati, turmush tarzi va siyosiy va iqtisodiy yutuqlari bilan ko'proq tanishish imkonini beradi.

Powered by GSpeech