Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Senatorlar “Pekin+30: gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirish” milliy forumida ishtirok etdi

Joriy yil 12-dekabr kuni Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi aʼzolari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi binosida “Pekin+30: gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirish” milliy forumida ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekistonda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ularning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va iqlim o‘zgarishi sharoitida gender yondashuvni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar gender tenglikni taʼminlash borasida keyingi yillarda erishilgan natijalar bilan birga, xotin-qizlarning qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirokini taʼminlash, zo‘ravonlikka qarshi manzilli profilaktika choralarini kuchaytirish va huquqiy savodxonlikni oshirish kabi dolzarb masalalarni ham atroflicha muhokama etdi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan sharoitda xotin-qizlarni raqamli muhitga moslashtirish, kiberxavfsizlikni taʼminlash muhim ekanligiga eʼtibor qaratildi.

Ishtirokchilar kelgusida milliy dasturlarni takomillashtirish, tizimli hamkorlikni kuchaytirish hamda Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasida belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan takliflarini bildirdi.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati

Nashr sanasi 15.12.2025 Ko'rishlar 2 464
Ulashish